Denov tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Bahodir Abdurayimov boshchiligida tumandagi 33 nafar o‘quvchiga oltin va 1 nafar o‘quvchiga kumush medal topshirildi.

Tadbirda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Ch.Xaydarov, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Gʻ.Raximov ishtirok etishdi. Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilarning ota-onalari taklif etildi.

Bugungi kunda tumanda 98 ta umumta’lim maktablari va 5 ta ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan maktab-internatlari mavjud bo‘lib, bu o‘quv yilida 5416 nafar o‘g‘il-qizlar maktab dargohini bitirishdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining “Faxriy yorliq”lari hamda ularning ota-onalariga tuman hokimining “Tashakkurnoma”lari berildi.