Joriy yilning 25-fevral kuni ijtimoiy tarmoq orqali “Ibn Sino” mahallasida joylashgan 83-sonli maktabning kirish qismidagi yo‘l ko‘lmakka aylangani, Registon ko‘chasidan oqib kelayotgan suv maktab hududiga kirib, o‘quvchilarning erkin harakatlanishiga jiddiy to‘siq bo‘layotgani, bu muammoning asosiy sababi – Registon ko‘chasidagi ariqlar yopiq yoki tozalanmagani ta’kidlangan.
Denov tumani hokimligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur Registon ko‘chasidagi ariqlar tozalanib murojaat joyida hal etildi.