Bo‘lim ishi hokimlik va unga hisobdor idoralarning faoliyatini, shaharda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni yoritishga hamda jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatish va tashkilotning media bo‘shlig‘ida to‘g‘ri o‘rin egallashiga qaratilgan.
Matbuot xizmatining ustuvor vazifalariga quyidagilar kiradi:
1) Rasmiy veb-sayt, ommaviy axborot vositalari, telegramm-kanal, Facebook sahifasi, hamda boshqa axborot manbalari, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil qilish orqali hokimiyat faoliyati haqidagi axborotlarni muntazam, to‘liq va o‘z vaqtida berib borish;
2) OAV bilan o‘zaro faoliyatni tashkil qilish, o‘tkazilayotgan tadbirlar, qabul qilinayotgan hujjatlar va hokimlik faoliyatiga oid boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim qilish;
3) Axborot bo‘shlig‘ining monitoring va tahlilini olib borish, jamiyatda keng muhokama qilinayotgan shahardagi voqea-hodisalar va mavzularga munosabat bildirish.
Telefon raqami: +99891-970-71-97
Elektron pochta: dthaxborotxizmati@gmail.com
Telegram-kanal: https://t.me/dthaxborotxizmati
Facebook-sahifa: https://www.facebook.com/dthaxborotxizmati
Instagram-sahifa: https://www.instagram.com/dthaxborotxizmati
Youtube-sahifa: https://www.youtube.com/@dthaxborotxizmati
X: https://twitter.com/denau_press
Fuqarolar murojaati uchun: https://t.me/@denaupress_bot