YO‘LDOSHYEV
Alisher Baymatovich
Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi
Denov tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyasining 2024-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish-rejasi
| № | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| 1. | Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha tuman Davlat arxivi bo‘limi rahbarining hisobotini eshitish. | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mahalliy davlat tashkilotlari va muassasalarining hisobdorligini ta’minlash | 2024 yil yanvar oyi | Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyasi a’zolari, Tuman Davlat arxivi bo‘limi |
| 2. | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlarni xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | I-yarim yillik davomida | Hududiy komissiya a’zolari, Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari |
| 3. | Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha tuman Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘ining hisobotini eshitish. | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mahalliy davlat tashkilotlari va muassasalarining hisobdorligini ta’minlash | 2024 yil fevral oyi | Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyasi a’zolari, Tuman Elektr ta’minoti korxonasi |
| 4. | Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha tuman Madaniyat bo‘limi rahbarining hisobotini eshitish. | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mahalliy davlat tashkilotlari va muassasalarining hisobdorligini ta’minlash | 2024 yil mart oyi | Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyasi a’zolari, Tuman Madaniyat bo‘limi |
| 5. | Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyasining faoliyati va yig‘ilishlariga hududdagi OAV va NNTlarni keng jalb etish, komissiya faoliyati yuzasidan ularni muntazam xabardor qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | I-yarim yillik davomida | Xalq deputatlari tuman Kengashi, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, aloqador tashkilot va korxona rahbarlari |
| 6. | Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida yoshlar orasida muntazam tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib borish. | Yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. | I-yarim yillik davomida | Hududiy komissiya a’zolari, tuman Yoshlar agentligi va sport bo‘limi |
| 7. | Bank sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida bank rahbarlarining axborotlarini hududiy komissiya yig‘ilishlarida eshitib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024 yil aprel oyi | Hududiy komissiya a’zolari, tijorat banklari |
| 7. | Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish. | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mahalliy davlat tashkilotlari va muassasalarining hisobdorligini ta’minlash | 2024 yil may oyi | Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyasi a’zolari, Tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi |
| 8. | Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha “Denovtumangaz” gazta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish. | Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mahalliy davlat tashkilotlari va muassasalarining hisobdorligini ta’minlash | 2024 yil iyun oyi | Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyasi a’zolari, “Denovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi |
| 9. | Jamoatchilikda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqarma va davlat idoralari, shuningdek, diniy idoralar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, hududiy komissiya a’zolari faoliyatini yoritib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Tuman hokimligi axborot xizmati, OAV vakillari |