CREATOR: gd-jpeg v1.0 (using IJG JPEG v80), quality = 95

Denov tumanida faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

Denov tumani statistika bo‘limi tumanda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar rahbarlaridan 2024-yil yakuni uchun quyidagi statistik hisobotlarni topshirishlarini so‘raydi:

➖ tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasa, uyushma (ittifoq) bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 2024-yil yakuni uchun taqdim etiladigan 1-NNT shakli (yillik) statistik hisobotini 2025-yil 4-martdan kechiktirmay;

➖ yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari) 1-mehnat shakli (yillik) statistika hisobotini 2025-yil 1-fevraldan kechiktirmay;

➖ kichik korxona va mikrofirmalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) 1-KB shakli (yillik) statistika hisobotini 2025-yil 10-martdan kechiktirmay;

➖ fermer xo‘jaliklari 1-FX shakli (yillik) statistika hisobotini 2025-yil 10-martdan kechiktirmay;

➖ notijorat tashkilotlar (jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalaridan tashqari), tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumta’lim muassasalari 1-Notijorat shakli (yillik) yig‘ma hisobotini 2025-yil 14-martdan kechiktirmay statistika organlariga elektron shaklda taqdim etishlari shart.

✅ Yuqorida qayd etilgan choraklik hisobotlarni my.stat.uz saytidan shaxsiy kabinet orqali yoki Estat-4.0 ilovasidan elektron shaklda taqdim etish mumkin.

❗️Eslatma: Statistika hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri taqdim etishga O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni 40-moddasi hamda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks”ining 215-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik belgilangan. Denov tumani statistika bo‘limi Tel. 91-574-72-14

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan