Mamlakatimizda har yili 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.

Bayram munosabati bilan Denov tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Bahodir Abdurayimov tumanda faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini samimiy tabrikladi.

Tadbirda “Chag‘oniyon”, “Denov ovozi”, “Tashrif” gazetasi jurnalistlari va nafaqadagilar, Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi, “Sevimli” telekanalining muxbirlari hamda blogerlarga esdalik sovg‘alar berildi.