Denov tumani hokimi Ilhom Abrorovning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Muhtaram dehqon va fermerlar! Qishloq xo‘jaligi sohasida halol mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlar!

Avvalo, barchangizni, butun tumanimiz ahlini qutlug‘ ayyom — Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Barchaga ma’lumki, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hech qachon o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotmaydigan, shu bilan birga eng mas’uliyatli hamda mehnati og‘ir bo‘lgan kasblardan biri hisoblanadi.

Hurmatli Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ta’biri bilan aytganda «Shunday ulug‘ va muhim sohaning zalvorli yukini o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va mutaxassislarni dunyodagi eng olijanob kasb egalaridir» desak, ayni haqiqatdir.

Sayyoramizdagi global iqlim o‘zgarishlari, mintaqamizdagi ekologik muammolar oqibatida qishloq xo‘jaligida har yili ilgari ko‘rilmagan yangi-yangi sinov va qiyinchiliklar paydo bo‘ldi.

Biroq, ko‘pni ko‘rgan, doimo yer bilan tillashib, dardlashib yashaydigan tumanimizning dehqon va fermerlari ana shunday murakkab sharoitda ham omilkorlik bilan, boy bilim va tajribasi, ilm-fan yutuqlarini ishga solib, mo‘l hosil yetishtirishga muvaffaq bo‘lishmoqda.

Har erta bahorda yerga urug‘ qadab, rizq yo‘lini ochadigan, xonadonlarimizdagi to‘kinlik va fayzu baraka sababchisi bo‘lgan sizdek fidoyi insonlarga har qancha tasannolar aytsak arziydi. Bu yilgi yetishtirilgan paxta, g‘alla va pilla xom ashyosini o‘tgan yilga solishtirganimizda, yetishtirilgan paxta, g‘alla va pillahosildorlik oshig‘i bilan bajarilganini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini jadal joriy etish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlar daromadini ko‘paytirish borasida olib borayotgan tizimli islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Bugungi kunda intensiv mevali bog‘lar tashkil qilib, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishmoqda. Hamda sut va go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chorvachilik aholining dasurxoni to‘kin bo‘lishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Ularga munosib izdoshlar, yerni his qiladigan fermer va tomorqachilarimizning borligi esa bizni quvontiradi, albatta.

Muhtaram dehqon va fermerlar!

Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli va fayzli bayram bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Hayot sinovlarida toblangan, mard va matonatli fermerlarimiz, barcha qishloq xo‘jalik xodimlari bundan buyon ham tumanimiz ahli farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdek g‘oyat mas’uliyatli vazifani ado etishda butun kuch-g‘ayrat va imkoniyatlarini safarbar etadilar, deb ishonaman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga qut-baraka va xotirjamlik hamisha yor bo‘lishini tilayman.

Tadbirda tuman hokimi Ilhom Abrorov tomonidan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida an’anaviy «Hosil bayrami» va «Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni» nishonlanishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligida mehnat qilib kelayotgan fermerlar, klasterlar, mexanizatorlar, suvchilar va shu soha vakillarni bayram munosabati bilan tabrikladi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan